Dushan Vlaxovichga La Liganing grand klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda

  • 24 oktabr, 15:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich 2026 yilda "Barselona" safini to‘ldirishi mumkin. "Fichajes" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, serbiyalik forvard kataloniyaliklarning asosiy transfer maqsadiga aylangan.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli Vlaxovich "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan. Turin klubi 2022 yilda uni "Fiorentina"dan 80 million evroga sotib olgan edi.

Aytilishicha, Vlaxovichning o‘yin uslubi "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka juda yoqadi.

Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning "Yuventus" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil yozida nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!