Dunyoning eng zo‘r to‘purarini ko‘pchilik tanimaydi. Ronaldu uning o‘rnini egallay oladimi?

  • 13 noyabr, 2020, 11:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning o‘rtoqlik uchrashuvida Andorra terma jamoasi darvozasiga kiritgan to‘pi uning faoliyatidagi  746-gol sifatida qayd etildi.

Tecno

Bu ko‘rsatkich orqali portugaliyalik yulduz futbol tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchilar orasida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan hujumchi sifatida avstriyalik Yozef Bitsan tan olingan. U faoliyati davomida raqiblari darvozasini 805 marotaba aniq nishonga olgan. Keyingi o‘rinlarni braziliyalik “afsungarlar” o‘z hisobiga 772 ta gol yozdirib qo‘ygan Romario va 767 ta gol muallifi bo‘lgan futbol qiroli Pele egallab turibdi.

Krishtianu Ronaldu esa faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida eng ko‘p gol urgan hujumchi  hisoblanadi. Ko‘pchilik uning Peledan o‘zib ketishiga ishonmoqda.

Ronaldudan yangi rekordlar

MYu Ronalduga aloqaga chiqdi. Bu transferni kim hal qiladi?

Ronalduning “Yuve”dagi o‘rnini Neymar egallaydimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!