Dubaydan navbatdagi xushxabar: Safiya Burxanova ham Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • 8 noyabr, 2019, 21:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ayni kunlarda BAAning Dubay shahrida Para atletika bo‘yicha navbatdagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Bugun musobaqaning ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish turi bo‘yicha final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, hamyurtimiz Safiya Burxanova 14.97 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. E’tiborlisi, bu natija musobaqa rekordi sifatida qayd etildi.

Qayd etish lozimki, ushbu natija sportchimizga kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani ham taqdim etdi.

Safiya Burxanovaning xalqaro musobalarda qayd etgan natijalari haqida qisqacha:

  • 2016 yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibasi
  • 2017 yilgi Jahon chempionati kumush medali sohibasi
  • 2018 yilgi Paraosiyo o‘yinlari chempioni

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!