
Drikus dyu Plessi va Xamzat Chimaev to‘qnashuvida kim g‘olib bo‘ladi? Arman Tsarukyan javob berdi
Rossiyalik UFC jangchisi Arman Tsarukyan o‘rta vaznda amaldagi chempion Drikus dyu Plessi (23-2) va chechenistonlik Xamzat Chimaev (14-0) o‘rtasidagi jang haqida gapirdi.
"Umid qilaman, Xamzat Drikusni finish qiladi. Biroq bu nechanchi raundda amalga oshishini bilmayman. Ehtimol ikkinchi yoki uchinchi raundda nokaut ko‘rarmiz", - dedi Tsarukyan Komil Gadjievning You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Chimaev va dyu Plessi to‘qnashuvi 17 avgust kuni "UFC 319" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar