Donnarummaga Evropaning uchta grand klubi qiziqmoqda

  • 8 avgust, 16:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik darvozabon Janluiji Donnarummaga "Parij Sen-Jermen"ni tark etishi kerakligi aytildi va yaqin bir hafta ichida vaziyatga oydinlik kiritiladi. Darvozabon uchun poygada "Manchester Siti", "Chelsi" va "Bavariya" klublari ishtirok etmoqda, deb xabar beradi Football Italia nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, yaqin kunlarda "Manchester Siti" darvozabon uchun kurashga faol qo‘shilishga tayyor. Shuningdek, so‘ngi kunlarda "Bavariya" ham qiziqish bildirgandi. "Chelsi" esa, vaziyatni kuzatib bormoqda, ammo hozircha Italiya terma jamoasi darvozabonining transferi bo‘yicha hech qanday rasmiy qadam tashlagani yo‘q.

Avvalroq, PSJ sport direktori Luish Kampush "Lill" darvozaboni Lyuka Shevalening sotib olinishi fonida jamoaning amaldagi birinchi raqamli futbolchisi Janluiji Donnarummaning ketishini talab qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!