
Donnarumma o‘zidan zo‘r darvozabon kimligini aytdi
“Manchester Siti”ning yangi darvozaboni Janluiji Donnarumma “Oltin to‘p” taqdimotidan keyin zamonaviy futbolda eng zo‘r golkiper kim ekanini aytdi.
- Men qaysi darvozabonni eng zo‘r, deb hisoblayman? Men uchun eng yaxshisi bu Yan Oblak, - dedi italiyalik posbon.
Janluiji Donnarummaning o‘zi 2025 yilning eng zo‘r darvozaboni sovrini bilan taqdirlandi. O‘tgan mavsumda PSJ darvozasini qo‘riqlagan 26 yoshli golkiper Frantsiya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi, Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.
Donnarumma yangi mavsumdan e’tiborat Abduqodir Husanov bilan birga “Manchester Siti” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Fikrlar