
Diyora Keldiyorova Tokio Olimpiadasi chempioni bilan oltin medal uchun kurash olib boradi
Birinchi davradan erkin o‘tgan dzyudochimiz Diyora Keldiyorova (-52 kg) ikkinchi bosqichda "Tokio-2020" yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, yaponiyalik Uta Abega ro‘baro‘ keldi. Ushbu vaznning ikki nomdor sportchilari o‘rtasida bahsda Keldiyorova g‘alaba qozonib, bejiz jahon reytingi peshqadamiga aylanmaganini isbotladi. Chorak finalda u germaniyalik dzyudochini taslim etib, yarim finalga yo‘l oldi. Final ostonasida esa mezbon sportchi Bushar Amandin taslim etildi.
Endilikda, Keldiyorova finalda Distriya Krasnichi bilan oltin medal uchun tatamiga chiqadi. Uning finaldagi raqibi Kosovalik va u Tokiodagi Olimpiadada -48 kg vazn toifasida oltin medalga ega chiqqan.
Ular o‘rtasidagi qarama-qarshilik birozdan so‘ng start oladi.
Fikrlar