"Dinamo" "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Samarqand klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Davron Fayziev va Ulug‘bek Baqoev shogirdlari o‘rtasidagi uchrashuv 9 iyun, yakshanba kuni «Dinamo» stadionida bo‘lib o‘tadi.
O‘yin soat 17:45 da boshlanadi. Nazorat bahsi uchun chiqarilgan chiptalar o‘yingoh kassasida 5 ming so‘mdan sotilmoqda.
O‘rtoqlik uchrashuvi
9 iyun (yakshanba)
DINAMO - SO‘G‘DIYoNA
O‘yin vaqti: 17:45
Samarqand, Dinamo stadioni.



Fikrlar