
"Dinamo" nazorat uchrashuvida g‘alaba qozondi
Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik doirasida «Dinamo» jamoasi Toshkentda «Olimpiya» klubiga qarshi maydonga tushdi.
So‘nggi nazorat bahsida Iminov va Oqbo‘taevning gollari "Dinamo"ga g‘alaba keltirdi – 2:1.
Shu tariqa, «Dinamo»ning 3-yig‘ini yakuniga etdi. Samarqand jamoasi 2 kunlik dam olishdan keyin 17 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in o‘tkazish uchun jo‘nab ketadi.
Nazorat o‘yini. 14 yanvar
«Olimpiya» - «Dinamo» - 1:2
Gollar: Humoyunmirzo Iminov 67, Vohidjon Oqbo‘taev 88.
«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Dushan Miyich, Salim Mustafoev, Asilbek Temirov, Akbar Ismatullaev, Samuel Baxa, Damir Temirov, Frantsis Narx, Xislat Xalilov, Humoyunmirzo Iminov, Emmanuel Yagr.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Ravshanbek Yagudin, Ulug‘bek Abdullaev, Abubakr Mo‘ydinov, Xurshidbek Ubaydullaev, Anvar Hojimirzaev, Muhammadbobur Asadullaev, Vohid Oqbo‘taev, Vladimir Kozak, Javlon Malikov, Anvar Fayzullaev.
Fikrlar