"Dinamo" ikki nafar legioner bilan kelishuvga erishdi
Ma’lumki, Samarqandning “Dinamo” jamoasi mavsumga tayyorgarlik davomida selektsiya ishlarini ham olib boryapti. Shu bois xorijlik futbolchilarning xizmatidan foydalanish maqsadida bir qator legionerlar taklif qilingandi.

Sports.uz olgan ma’lumotga qaraganda, hozirga qadar ikki nafar legioner bilan shartnoma imzolangan. Jumladan, Oleg Marchuk hamda Mixaylo Udod yangi mavsumda “Dinamo” sharafini himoya qiladilar.
Shuningdek, yaqinda “Dinamo”ga ukrainalik markaziy himoyachi Dmitro Sidorenko ham qo‘shilgan. Hozircha uning klubda qolish yoki qolmasligi ma’lum emas. Agar u ham jamoa bosh murabbiyi Hakim Fuzaylovda iliq taassurot qoldirsa, joriy chempionatni Samarqandda boshlashi mumkin.



Fikrlar