
Dilshod Ro‘zmetov 1/16 finalda g‘alaba qozondi
Hozirgina erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida boks bo‘yicha 1/16 final jangi o‘z nihoyasiga etdi.
E’tiborlisi, ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Dilshod Ro‘zmetov irlandiyalik raqibi Emmet Brennanni 5:0 hisobida engdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Bundan avvalroq -63 kg vazn toifasidagi bokschimiz Elnur Abduraimov ham 1/16 finalda g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar