Dilshod Rahmatov professional sportchilik faoliyatini yakunladi
2024 yil Osiyoning eng yaxshi futzalchisi nominanti Dilshod Rahmatov professional sportchilik faoliyatini yakunladi.
Bir necha karra O‘zbekiston chempioni va chempionat to‘purari (2021 yil), Xitoy chempionati g‘olibi Dilshod Rahmatov 2010 — 2024-yillar davomida O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Mamlakat jamoasi safida ikki marta Jahon chempionati ishtirokchisi, 6 marta Osiyo chempionati ishtirokchisi va 2 karra musobaqaning kumush hamda 4 karra bronza medali sohibi hisoblanadi.



Fikrlar