
Dibalaning agenti: U katta ehtimol bilan "Yuventus"dan ketadi
"Yuventus" klubi forvardi Paulo Dibalaning agenti va akasi hisoblangan Gustavo Dibala uning jamoadan ketish ehtimollarini yuqori baholamoqda.
“Katta ehtimol bilan u jamoani tark etadi. Hozirgi vaziyat aksariyat futbolchilarni qanoatlantirmayapti. Maydondan tashqarida Ronaldu bilan hech qanday muammo yo‘q, ammo maydonda bor. U bilan raqobatlashib bo‘lmaydi”, - deydi Dibalaning agenti.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsum “Yuventus” safida jami 40ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol va 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar