
Dibala APL klubiga o‘tishi mumkin
"Manchester Yunayted" klubi "Yuventus" forvardi Paulo Dibalani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Calciomercato.it nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 25 yoshli argentinalik futbolchini joriy yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi. O‘z navbatida turinliklar ham bu borada yaxshi taklif bo‘lsa, uni ko‘rib chiqishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga kelgach Dibalaning asosiy tarkibdagi o‘rniga jiddiy ta’sir qildi. Shu bois bundan avvalroq u jamoasini o‘zgartirmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Dibala o‘tgan mavsum “Yuventus” safida jami 42ta o‘yinda maydonga tushdi va 10ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar