Deyarli 3 yil o‘tib Hemilton yana g‘alaba qozondi

  • 7 iyul, 2024, 23:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto
BEPUL PROPAN

“Formula-1”ning Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan Grand-Prisi o‘z nihoyasiga etdi. “Silverstoun” trekida “Mersedes” vakili Lyuis Hemilton finish chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. E’tiborlisi shundaki, bu uy g‘alabasi Lyuis uchun 2021 yildan beri birinchisi, faoliyatidagi 104-g‘alabasi bo‘ldi.

Marraga amaldagi jahon chempioni Maks Versteppen ikkinchi, Lando Norris (“Maklaren”) uchinchi bo‘lib etib keldi. Poygani 1-joydan boshlagan

Jorj Rassell bolidagi muammolar sabab poygani davom ettira olmadi.

“Ferrari” esa, borgan sari chempionatda o‘rnini yutqazmoqda. Karlos Sayns eng tezkor aylana qayt etib 5-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Sharl Lekler poygani 14-joy bilan yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!