Devid Benavides: "Terens Krouford — tarixdagi eng buyuk bokschilardan biri"
Yarim og‘ir vaznda WBC chempioni Devid Benavides amerikalik Terens Kroufordning meksikalik Saul "Kanelo" Alvares ustidan qozongan g‘alabasi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Avvalo, Terensni mazkur zafar bilan tabriklamoqchiman. U — tarixdagi eng buyuk bokschilardan biri. Bu nafaqat uchta vazn toifasiga ko‘tarilgani, balki o‘z davrimizning eng kuchli jangchilaridan birini mag‘lub etgani uchundir. Menimcha, ko‘plab jangchilar Krouforddan o‘rnak olishlari kerak. Gap faqat uning texnikasida emas, balki eng avvalo ruhiy kuchida!", - dedi Benavides "Ring Magazine" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Krouford 14 sentyabr kuni Alvaresni ochkolar evaziga mag‘lub etib, ikkinchi o‘rta vaznda mutlaq jahon chempioniga aylangandi.



Fikrlar