
Derbi oldidan MYu kuchiga kuch qo‘shildi. Sirli vosita topilgan ko‘rinadi
«Manchester Yunayted»ning o‘ziga xosligi shundaki, ularda jamoaviy asos mavjud emas. Jamoa o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, ularni rahbariyatning o‘rinli qarorlari himoya qila olayotgani yo‘q. Vudvord omadsiz kelishuvlarni amalga oshirdi, omadlilarini esa yo‘q. (Xollandning qo‘ldan chiqarilishi selektsionerlikdagi ahmoqgarchilikka qo‘yilgan yodgorlik bo‘lib qoldi). Futbolchilarini bunda ayblari yo‘q, ammo, bunday vaziyatda narsalarni o‘z nomi bilan atash kerak bo‘ladi.
Fredni jamoadagi oshkoralik bo‘yicha chempion desa bo‘ladi: u fevralning boshlaridayoq jamoaga ijodkorlik etishmayotganini ochiq aytgan edi. Xabaringiz bor, o‘shandan keyin jamoada pleymeker Brunu Fernandesh paydo bo‘lib, Igalo gol ura boshladi. Bundan tashqari, o‘z ustida ishlab MYu ga kechikib bo‘lsa ham kirishib ketdi braziyalik futbolchi manmanlikni katta to‘siqlardan biri deb fikr bildirgan.
MYudan kim kibrli, o‘zboshimcha va jamoani bir tanu bir jon bo‘lishiga to‘siq bo‘lishi mumkin?
Topish qiyin emas- o‘zlarini “iblislar”sara yigitlari deb biluvchi De Xea va Pogba bu nuqsonlardan holi deb bo‘lmaydi. Lukaku ham o‘zini u qadar baxtiyor seza olmagan, Romelu Italiyada turib uni MYu da rostdan ham chekkaga surib qo‘yayotganlari eslatib o‘tgandi.
Ijodkorlik bo‘lmaganligi aniq bo‘lsa ham, belgiyalik futbolchi qulay vaziyatlardan foydalanish o‘rniga taran hujumchining soyasida yurdi. Fred o‘tgan mavsumdan ko‘ra aqqliroq fikrlayapti va u shaxsiy statistika haqida kamroq bosh qotirish kerakligini ta’kidlamoqda. Bu Pogbaning jamoaviy o‘yinni pisand etmay ko‘proq o‘zi gol kiritishni istayotganiga sha’ma ekanini ilg‘ash qiyin bo‘lmasa kerak.
Buning uchun Sulsher o‘z ishini mukammal bajarishi shart-murabbiyning hissasi bu o‘rinda juda katta. Shunisi qiziqki, hozircha u o‘z murabbiylik bosqisining shunday pallasidaki hatto unga o‘z futbolchilari matbuot orqali baho berishlari mumkin. Matich ta’kidlashicha ”Ole-Gunnar kundan kunga kuchga kirib borayapti” Jamoadan yana bir, bu safar biroz mavhumroq xushomad: ”Bugun ko‘rinishingiz ancha durust ”. Demak kecha ko‘zingizga unchalik ham yaxshi ko‘rinmagan ekanlarda? Nima bo‘lganda ham Nemanya o‘z so‘zlarini izohlab o‘tgan.
Sulsher tajriba to‘plagan-fakt, o‘yinchilarni yaxshiroq o‘rgangan-kunday ravshan, va uchrashuvlar oldidin nima qilish kerakligini aniq biladi-Matichning so‘zlari ham nishonning qoq markazida. Sulsher o‘yinlarni murabbiylik nuqtai nazaridan emas, aslida futbolchilarning o‘zlariga oid tarkibdagi yo‘qotish kabi ob’ektiv, yoki 100 % to‘g‘ri tanlanmagan kadrlar o‘rtasidagi ziddiyatlar - sub’ektiv sabablar tufayli boy beradi. Ammo, “Bernli ”dan engilganidan so‘ng “Old trafford ” katta kelishmovchiliklarning oldini olib kelinayapti, bu esa murabbiy shogirdlariga ta’sir o‘tkaza boshladi degani.
Hammasi oddiy
MYu shunchaki etishmayotgan element-Brunuga ega bo‘ldi va shu bois jamoada kayfiyat va haqiqiy ishtiyoq namoyon bo‘la boshladi. “Manchester siti”ni mehmonda mag‘lub etib, uyda o‘yinni “bo‘rilarga” boy berishmadi. Keyinroq safardagi muvaffaqqiyat bilan to‘rtinchi o‘ringa da’vogar ekanliklarini ko‘rsatib qo‘yishdi. Bu haqida endi ochiqchasiga gapirishmoqda, Evropa Ligasi haqida ham unutishmagan. “Bryuggeni” mag‘lub etishgach turnir favoriti bo‘lib turishibdi. Sulsherning 9 o‘yindan iborat seriyasi 6 g‘alaba, 3 murosa va birorta ham mag‘lubiyatsiz. To‘plar nisbati– 22:2, 7 «gol o‘tkazib yuborilmagan» o‘yin.
Oldinda esa derbi turibdi. «Manchester Siti» APL ga chiqmoqchi va o‘sha bellashuvdagi natija Gvardiolani sovrindan mosuvo qilmagan bo‘lsa ham Liga kubogidagidagi qasdini olish niyatida. MYu da ham yakshanbadagi o‘yinda engilmaslik uchun imkoniyatlar etarli. G‘alaba shart emas, axir raqib anchayin kuchli. Agar shaharliklar “Real”dan o‘ta olsalar ChL peshqadami mavqeini mustahkamlab olishadi. Jamoa vziyatning qaltisligini anglab turibdi. “Iblislar” ham ulardan o‘rnak olishi kerak.
Birinchidan kimdir ushbu jamoadan o‘ynash niyatida bo‘lmasa-katta ko‘cha. De Xea o‘rniga «Sheffild Yunayted»ning Xendersoni kelishi mumkin, chunki mavsum qahramonlaridan biri MYu bilan bitimga ega. Yaxshigina kelajak kutayotgan darvozabon deyarli cho‘ntakda. Pogba bilan hammasi ravshan- vakili uni jamoani tark etishi ehtimoli haqida gapiriyapti. Farang qahramonimiz ham sal o‘zgacha o‘yin namoyish qilmasa hamma ”sovchi”laridan quruq qolishi mumkin. “Real” o‘z fikrdan voz kechganga o‘xshaydi, chunki raqibning qattiq hujumlari paytida paypoqlarini to‘g‘rilash bilan ovvora bo‘lib yuradigan yana bir boshqa futbolchiga qiziqish bildirgan.
Va nihoyat, Sulsherning joniga Brunu Fernandesh- mukammal yosh kadr oro kiryapti. Buyukligi emas ko‘proq ishonchligigi uchun bo‘lsa ajab emas, axir u endigini ikkinchi yil yaxshi o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Ammo MYu bugun shunday kayfiyatdagi unga birga-bir bo‘lmasa ham Qirol Erik yoki Shahzoda Ronaldu kabi shijoatli etakchi kerak. Brununing APL da eng yaxshi futbolchi bo‘lishi shart emas, jarohat sababli Reshfordning yo‘qotilinishini ham qoplay omaydi. Markus jamoa atrofida yuribdi, mashg‘ulotlarda, ammo, Sulsherning fikricha tahminan uch oyni o‘tkazib yuboradi.
Biz fikrimizni munosabatlarning muhimligi bilan boshlagandik va endi Fredning qarashlarini mantiqiy tugatib qo‘yishning ayni payti. “ Man siti”ga qarshi yana bir bor yakdillik bilan o‘ynab berishsa ochkolarga ega bo‘lish imkoni saqlanib qoladi. Sulsher murakkab taktika bilan Xosepni sarosimaga tushirib qo‘ya oladi, u buni avvalroq ham ko‘rsatgan edi. Manchester derbisida g‘alabalar navbat va navbat qo‘lga kiritilganini ko‘rayapmiz va “shaharliklar”ning g‘alabasi u qadar muqarrar emas, ayniqsa uch ochkoni u yoq yoki buyoqqa bo‘lishi ularni APL unchalik ham qutqarib qola olmasligini hichobga olsak.
Ayni paytda Brunu Fernandesh etakchiga aylandi. “Chelsi”ga qarshi o‘yindagi uzatma, “Liverpulni” ertishlatishi mumkin bo‘lgan jamoa -“Utford”ga qarshi o‘yindagi gol va pass, “ Bryugge” va ”Everton”ga urilgan bittadan gollar portugaliyalik yigitga tikish to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatib turibdi. Bu vaziyatda Vudvordni faqat yarimhimoyachi bilan yozda bo‘lgan kelishuvni uzilib qolganlikda ayblash mumkin, chunki amaliyot jamoaga bunday xavbek mavsum boshidan juda kerakligini ko‘rsatdi.
Brunuga ham “Sporting”dagi bilan taqqoslab bo‘lmaydigan e’tibor yoqib tushayapti. Hozir MYu shunday bosqichdaki, har bir futbolchi qahramonga aylanishi mumkin. Axir De Xea o‘z xatolarini yangi seyvlar bilan to‘g‘rilashi kerak, Maguayr ham formaga kirmoqda, ayniqsa yaqinida Lindelef emas Bayi o‘ynab tursa. Matich va Fred Brunudan ortda qolmaslikka harakat qilishi lozim, chunki uning bir o‘zidan natija chiqishi amrimahol. Chindan ham, Marsyal va Grinvud hujum markazida u qadar yorqin emaslar, derbi uchun qandaydir oqilona qaror kerak.
Ammo, murabbiy Igaloni gollarga ruhlantira oldi va u jamoaga munosib. MYu mag‘lubiyatlarsiz seriyasi sharofati bilan avvalgi, omadsiz jamoaga o‘xshamaydi. O‘z kamchiliklarini ko‘ra olish, jamoaga pul kelib tursa turnir jadvallari ham muhim emas degan avvalgi fikrlarni o‘zgarishi ham yaxshilikka. Muntazam ChL ga chiqa olmay qolaverishsa pul ham kelishdan to‘xtaydi. Shu sababdan ham uyda o‘ynashayotgan ekan hatto “ Siti” qarshi ham g‘alaba haqida qayg‘urish kerak.
Sulsher ko‘nikayapdi, uning jamoasi ham Reshfordni safdan chiqishiga qaramasdan g‘alaba qozinishga harakat qilayapdi. “Manchester Yunayted” mukammal formada bo‘lmasligi mumkin, u hozir shunday holatdaki Gvardiolashogirtlarini 1:0 hisobada mag‘lub etsa ham, yoki 0:3 bilan o‘yinni boy bermasa hech kim ajablanmaydi, ammo, muayyan to‘g‘ri qadamlar tashlangan- Brunu o‘yinga kirishib oldi, markazdagi fahriylar aniqroq to‘p surmoqda, De Xeaning xato qilishda davom etayotgani esa yangilik emas. Futbolchilarni hech qachon jamoada pul yoki boshqa majburiy usullar bilan olib o‘tirmaslik kerak.
Davidning Lukakuning yangi jamoasi kabi “oltin” uchun kurashayotgan yoki chempionlar uchun o‘ynashi kerakligi uning o‘sishidagi eng muhim omilligi tushunarli edi. MYu faqat kuboklarga da’vogar, APL dagi vazifa esa yanada kamtarroq-to‘rtinchi o‘rin. Bunga erishi uchun derbidagi durang yoki yaxshisi “Man siti” ustidan yangi g‘alaba zarur. Raqibning Sulsherning hatto o‘zining cho‘qqisida ham Gvardioladan kuchsiz ekanini sezib turishiga qaramay g‘alabaga erishi kerak.
Yakshanbadagi matchda favorit aniq!
Shunday bo‘lsa ham “qizil iblislar”sekin-asta jonlanayapti. Reshford va Dortmunddan 140 mln. evro evaziga sotib olinayotganini aytilayotgan Sanchoni ham qo‘shsak 2021-yilni APL da “Lester”dan yuqoriroq o‘rinda tamomlash mumkin. Hazildan tashqari aytganda esa, “Manchester Yunayted” darajasidagi klub Vardi jamoasidan sakkiz ochko quyida ekanini inobatga olsak, Sulsher bosimga dosh bera oldi va murabbiy sifatida silliqroq ish tutmoqda. Muvaffaqqiyatlar Brunu Fernandeshning kelishi bilan bog‘liq: u gol urmagan o‘yinlarda ham, derbida bo‘lgani kabi 4 ta vaziyat yaratib 3 bora zarba bera oldi, lekin bu endi kompleks jarayon.
Fred tilga olgan ijodkorlik jamoaga qaytdi, bundan tashqari jamoaviy ruh ham joyida. 22:2 sobiq “eshalon” uchun yaxshigina to‘plar nisbati. MYu seriyasi engil o‘yinlar bilan bog‘liq emas; MS, «Vulvz», «Chelsi» va «Everton» — og‘irraqiblar, hatto «Uotford» ni ham engish ayrimlar o‘ylaganday oson ish emas.razgromit. Muhimi-to‘xtab qolmaslik.
Manba: soccer.ru
Fikrlar