"Der klassiker"da jangovor durang qayd etildi

  • 8 oktabr, 2022, 23:35
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya Bundesligasi 9-turi doirasidagi "Borussiya D" - "Bavariya" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Tecno

O‘yindagi hisob 33-daqiqada ochildi. Leon Goretska gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 53-daqiqada Leroy Sane tablodagi natijani 0:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

O‘shandan keyin "Borussiya" o‘ziga keldi va ketma-ket hujum uyushtira boshladi. 74-daqiqaga kelib maydon egalari hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi - Yusuf Mukoko. O‘yin yakuni arafasida esa Antoni Modest gol urib, "asalarilar"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!