
De Ligt 15 yoshigacha qaysi pozitsiyada o‘ynaganini bilasizmi?
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Matteys de Ligt bolaligida boshqa chizida to‘p surgani haqida gapirib berdi.
“15 yoshimgacha pleymeyker pozitsiyasida to‘p surdim. Men maydon markazida juda ko‘p o‘ynadim, gollar urdim va golli uzatmalarni amalga oshirdim. Ammo, keyinchalik menga himoya markazida o‘ynashni tavsiya qilishdi. Avvaliga bu fikrga shubha bilan qarardim. Lekin yarim himoyada to‘p surganim menga himoyada o‘ynashga yordam berishini keyin tushunib etdim”, - deydi gollandiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, de Ligt “Yuventus”safiga 2019 yilning yozida 85,5 mln evro evaziga “Ayaks”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar