De Bryuyne Evropa klublari takliflarini ko‘rib chiqadi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne joriy mavsum yakunlangach klubni tarki etishini ma’lum qildi.
Belgiyalik yulduzga asosiy da’vogarlar Saudiya Arabistoni chempionati vakillari hisoblanadi, ammo yarim himoyachi Evropada qolishi mumkin. Jurnalist Pol Xerst xabar berishicha, 33 yoshli futbolchi yakuniy qaror qabul qilishdan oldin Evropa klublarining barcha takliflarini ko‘rib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Kevin De Bryuyne 2015 yildan buyon "shaharliklar" sharafini himoya qilib kelmoqda. Tajribali futbolchi bunga qardar "Volffsburg", "Chelsi", "Verder" va "Genk" klublarida to‘p surgan.



Fikrlar