
DAZN platformasi Saul Alvares va Avni Yildirim jangini qabul qilishdan bosh tortdi
Boks va boshqa bir qancha sport turlarini translyatsiya qilishga ixtisoslashgan DAZN kanali Saul Alvares uchun raqib sifatida WBC tomonidan taklif qilingan Avni Yildirimni tasdiqdan o‘tkazishdan bosh tortdi.
Saul Alvares DAZN bilan har bir jangi uchun 40 million dollarlik shartnoma imzolagan. Agar, kelishuv bo‘yicha mablag‘ olinishi istalsa, Yildirim yoki sobiq jahon chempioni Entoni Dirrel kabi raqiblar qabul qilinmasligi ta’kidlandi.
DAZN ko‘proq Saul Alvares va GGG o‘rtasidagi uchinchi jangini tashkil etishga qiziqishi yuqori bo‘lib turibdi. Shu bilan birga WBA chempioni Kallum Smit va WBO chempioni Jo Billi Sounders kabi raqiblarni ham qabul qilinishini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz: super o‘rta vazn toifasida WBC jahon chempionlik kamari sohibi David Benavides o‘z jangi oldidan vazn me’yorini bajara olmagani uchun mazkur chempionlik vakant qilingan edi. Vakant WBC kamari uchun da’vogar Avni Yildirim uchun Saul Alvares 36-1 nisbatdagi ovozlar soni bo‘yicha raqib sifatida qabul qilingandi. Alvaresdan keyingi nomzodlar WBA chempioni Kallum Smit va WBC Silver kamari egasi hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov bo‘lib turibdi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring.
Fikrlar