Davron Fayziev: Intriga yuqoriligi osmon darajasida va unga tarkibdagi yulduzlarni joylab qarasak kosmos futbol yuzaga keladi

  • 6 mart, 2022, 18:19
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Angliya chempionati 28-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" bahsi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

Tecno

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev Fayziev telegramdagi sahifasida o‘yin oldi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Manchesterliklargamisiz? Unda derbi haqida bilasiz, kutyapsiz, ko‘rasiz. Qolgan muxlislarga eslatib o‘taman, bugun Manchester shahrining ikki super klubi APL 28-turi doirasida uchrashadi. Favorit kimligi tushunarli. Lekini ham bor. Benuqson ko‘ringan "Manchester Siti"ni oxirgi yillarda mehmonda yutib kelayotgan klub aynan "Manchester Yunayted" bo‘ladi. Motivatsiya, printsip, qadriyatlar birlashtiradi va darajadagi ehtimoliy farqni yo‘qqa chiqaradi. Sitining yana Etixadda bog‘da gul (gol) terib, sayr qilib yurgandek holatini bugun ko‘rmasak kerak. O‘z navbatida Gvardiola avvalgi uy uchrashuvidagi xatolar ustida qattiq ishlagani aniq. Intriga yuqoriligi osmon darajasida va unga tarkibdagi yulduzlarni joylab qarasak kosmos futbol yuzaga keladi. Savol bilan boshladik, odatiy savol bilan tugatamiz. Xo‘sh, Manchester qanday rangda? - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!