
David Silvani okean ortiga chorlashmoqda
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi David Silva faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Star nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra 34 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Inter Mayami" klubi qiziqib qolgan. Uni shaxsan klub xo‘jayini hisoblangan Devid Bekxem o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Silvaning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u okean ortiga erkin agent sifatida yo‘l olishi mumkin.
U “Manchester Siti” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida 424 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 74 ta gol hamda 137 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar