Darvozabon gol urgan o‘yinda "Atletiko" g‘alabani ilib ketdi

  • 22 yanvar, 2021, 03:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 19-turi o‘tkazilmoqda. Turnir jadvali peshqadami "Atletiko" "Eybar" maydoniga safar qildi. Uchrashuv madridliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

Dastlab, maydon egalari 12-daqiqada hisobni ochdi. Hakam tomonidan belgilangan penaltini "Eybar" darvozaboni Marko Dmitrovich aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Keyinchalik bu golga "matraschilar" Suaresning dubli evaziga javob qaytardi. Birinchi taym so‘ngida tarozi pallalarini tenglashtirgan Suares 89-daqiqada g‘alaba golini kiritdi.

Shu tariqa, madridliklar ochkolari 44 taga etdi va ular eng yaqin ta’qibchisini 7 ochkoga ortda qoldirmoqda. Kambek qurboniga aylangan "Eybar" 15-pog‘onada joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!