
Danilonig jarohati Militaoga imkoniyat eshigini ochadi
Militao “Real” bilan ajoyib mavsum o‘tkazib, Chempionlar Ligasiga ega chiqgandi. Shu bilan birga, himoyachi Braziliyaning Qatarga boradigan tarkibidan o‘rin oldi.
Besh karra mundial chempionlarinig birinchi turdan o‘rin olgan Serbiyaga qarshi uchrashuvida Eder zahirada qoldirildi. Tite bu o‘yinda Markinos va Tiago Silva juftligidan foydalanishni ma’qul ko‘rdi.
Ushbu bahsdan so‘ng o‘ng qanot himochisi Danilo jarohat olgani ma’lum bo‘ldi. Bu esa Ederga keyingi uchrashuvlarda asosiy tarkibda o‘ynash imkonini berishi mumkin. Garchi Dani Alvesh ham tarkibda bo‘lishiga qaramay murabbiy Militaoga ishonch bildirishi tahmin qilinmoqda.
Tite oldin ham 25 yoshli himochini qanotlarda o‘ynatgan. 23 senyabrda o‘tkazilgan Ganaga qarshi o‘rtoqlik bahsida ham u o‘ng qanotda harakatlandi. Shunday ekan, futbolchiga bu potsitsiya begona emas.
Braziliyani 2-turda Shvetsariyaga qarshi uchrashuv kutmoqda.
Fikrlar