“Dahshat”! Anchelotti keskin tanqid bildirdi!

  • 30 yanvar, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi so‘nggi uchrashuvda “Real” futbolchilari Frantsiyada “Brest”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

Tecno

Rodrigoning dubli va Jud Bellingemning bir goli madridliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri pley-offga olib chiqmagan bo‘lsa-da, ularga musobaqadagi ishtirokini davom ettirish huquqini kafolatladi.

Bellashuvdan keyin Karlo Anchelotti Chempionlar ligasining yangi formatini keskin tanqid qildi.

- Yangi format haqida nimalar deyishim mumkin? O‘yinlar soni juda ko‘p. Juda ko‘p o‘ynashga majbur bo‘lyapmiz. Biz uchrashuvlar sonini kamaytirishimiz kerak, aksincha yangilari qo‘shilib ketyapti.

Bu format menga yoqadimi yoki yo‘q, bu ahamiyatsiz. Lekin o‘yinlar dahshatli darajada ko‘p. Tanlash imkonimiz yo‘q, Chempionlar ligasini boricha qabul qilib, olg‘a qadam bosish kerak, - dedi Karlo Anchelotti.

Chempionlar ligasining keyingi bosqichiga qur’a 31 yanvar kuni tashlanadi. Musobaqaning umumiy bosqichidagi o‘rnidan kelib chiqqan holda, madridliklar “Seltik” yoki “Manchester Siti”ga ro‘baro‘ bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Yunusov Bahrom
30/01/2025 09:42
O'yin ko'p bo'lgandan keyin pul ham ko'p bo'ladi
...... ....
30/01/2025 10:55
Жароҳатлар хам....