
ChLning o‘tgan mavsumida Van Deyk eng yuqori tezlik ko‘rsatgan futbolchi
"Liverpul" himoyachisi Virjil Van Deyk Chempionlar Ligasining 2018/19 yilgi mavsumida eng yuqori tezlikni ko‘rsatdi.
Gollandiyalik ushbu musobaqaning yarim finalida "Barselona" (0:3)ga qarshi uchrashuvda 34,5 km/soat tezlikda yugurgan.
"Manchester Siti" futbolchisi Leroy Sane 34,4 km/soat tezlik bilan ikkinchi bo‘ldi. "Man Siti"ning yana bir futbolchisi Kayl Uoker 34,2 km/soat tezlik bilan uchinchi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Van Deyk 2018/19 yilgi mavsumning eng yaxshi himoyachisi va eng yaxshi futbolchisi sovrinlari bilan taqdirlangan edi.
Fikrlar