
Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining sobiq o‘quvchilaridan Osiyo o‘yinlarida 14 ta medal
Sport-ta’lim maskaniga ilk qadam qo‘ygan har bir bola borki yaxshi o‘quvchi va mohir sportchi bo‘lishni diliga tugadi.
Zamonaviy va muhtasham o‘quv va sport majmualariga ega bo‘lgan Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olayotgan o‘g‘il-qizlar ham marrani baland olib, mashg‘ulotlarga zo‘r berishgan. Shu boiski, markazning sportchi-o‘quvchilari hamisha mamlakat terma jamoalariga jalb etilish va medallar jamg‘arish bo‘yicha etakchilar qatorida. Hozirda Ravshan Gafurof rahbarlik qilayotgan mazkur sport maskanida tahsil olib, katta sportga yo‘l olgan sobiq atletlarning ko‘pchiligi esa hali hamon jahon sport maydonlarida yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishda davom etmoqda.
Yaqinda Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilgan Osiyo o‘yinlarida ushbu markazda tajribali o‘qituvchi-murabbiylar qo‘l ostida tahsil olib, ilk mahorat-saboqlariga ega bo‘lgan va chinakamiga sportchiga aylanib, "uchirma" bo‘lgan 14 nafar atlet muvaffaqiyatli ishtirok etib, medallarni qo‘lga kiritishgani fikrimizga isbot bo‘la oladi. Demak, markazning quydagi 14 nafar sobiq bituruvchilaridan Osiyo o‘yinlarida kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar va ularning Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi ilk ustozlari bilan tanishamiz.
1. Bahodir Jalolov boksdan oltin (murabbiy Farrux Qilichev).
2. Nurislom To‘xtasin o‘g‘li eshkak eshishdan oltin (murabbiyi Abdirashid Mo‘saev).
3. Shohmurod Xolmurodov eshkak eshishdan oltin (murabbiyi Marat Atavliev).
4. Artyom Shturbabin kurashdan oltin (murabbiyi Iskandar Rasulov).
5. Shahriyor Mahkamov eshkak eshishdan kumush (murabbiyi Akbar Xamidjonov).
6. Vladlen Denisov eshkak eshishdan kumush (murabbiyi Marat Atavliev).
7. Muhammadqodir Toshtemirov og‘ir atletikadan kumush (murabbiyi Jo‘rabek Zoirov).
8. Feruza Sodiqova taekvondo WTdan kumush (murabbiyi Paxlavon Sobirov).
9. Charos Qayumova taekvondo WT dan bronza (murabbiyi Paxlavon Sobirov).
10. Shohsanam Sherzodova eshkak eshishdan bronza (murabbiyi Rustam Mirzadiyarov).
11. Svetlana Osipova taekvondo WT dan bronza (murabbiyi Paxlavon Sobirov).
12. Nilufar Zokirova eshkak eshishdan bronza (murabbiyi Rustam Mirzadiyarov).
13. Ekaterina Shubina eshkak eshishdan bronza (murabbiyi Rashid Musaev).
14. Yulib Borzova eshkak eshishdan bronza (murabbiyi Rashid Mo‘saev).
Shuningdek, ayni paytda markazda tahsil olayotgan o‘quvchilarning joriy yilning shu paytiga qadar jahon, Osiyo va mamlakat chempionatlari, turli xalqaro turnir va musobaqalarda 550 dan ortiq oltin, kumush, bronza medallarini qo‘lga kiritganini ham tahsinga loyiq, deyish mumkin.
Fikrlar