Chicharito yangi mavsumni A Seriyada boshlashi mumkin
Londonning "Vest Xem" klubi forvardi Xaver Ernandes (Chicharito) faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Football-Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli meksikalik futbolchiga "Fiorentina" jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Ta’kidlash kerakki, Chicharitoning “bolg‘achilar” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Aniqrog‘i u London klubi bilan kelishuvni 2020 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Chicharito o‘tgan mavsum APLda jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar