Chempionlikka erishganidan keyin “Barsa” prezidenti Messi bo‘yicha qarorini aytdi

  • 15 may, 2023, 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatida “Barselona” muddatidan oldin chempionlikka erishdi. Xavi Ernandes shogirdlari shaharning  ikkinchi jamoasi “Espanol” ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi va chempionlikni printsipial raqib maydonida nishonladi.

Tecno

Hatto g‘alabani nishonlash jarayonida mezbon fanatlar “barselona” futbolchilariga hujum uyushtirgan noxush holatlar ham yuz berdi.

“Barselona” nihoyat Lionel Messi ishtirokisiz mamlakat chempioni bo‘ldi. Shunga qaramay, ayrim futbolchilar va jamoa muxlislari klub rahbariyatidan argentinalik yulduzni qaytarishni talab qilmoqda.

Klub prezidenti Joan Laporta bu talab bo‘yicha bayonot berdi.

- Lionel Messini “Barselona”ga qaytarish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz, - dedi Joan Laporta.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Utabayev Baxtiyor
15/05/2023 10:29
Messi qaytsa chempionlar ligasi barsaniki