
"Chelsi"ning sobiq ustozi: "Portu" meni xafa qildi
“Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Glenn Xoddl “aristokratlar”ning kecha EChL 1/4 final javob bahsdan o‘rin olgan “Portu”ga (0:1) qarshi o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Tomas Tuxel shogirdlari tomoshabop o‘yin namoyish etdi. O‘yindan oldin “Chelsi” eng mukammal tarkibni maydonga tushirayotgani haqida aytgandim va bu so‘zlarim maydonda o‘z tasdig‘ini topdi. Portugaliyaliklarga kelsak, ular meni xafa qilishdi”, - dedi Xoddl UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
“Chelsi” dastlabki o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozongani sababli umumiy hisob 2:1 ko‘rinishiga keldi. Shu tariqa londonliklar yarim finalga yo‘l oldi. Ushbu bosqichda Tuxel shogirdlari “Liverpul” va “Real” juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar