
"Chlsi"ga o‘tgan Garnacho MYuga murojaat yo‘lladi
Alexandro Garnacho "Chelsi"ga o‘tganidan so‘ng "Manchester Yunayted"ga murojaat qildi.
Bundan oldin London klubi vingerni 40 million funt sterlingga sotib olgan edi.
- Hayotimdagi bu alohida bob unutilmas besh yildan keyin yakuniga etmoqda. Biz men bilan abadiy qoladigan onlarni yaratdik va men buning uchun juda minnatdorman.
Murabbiylar, xodimlar va jamoadoshlarimga - menga ishonch bildirganingiz uchun tashakkur. Har safar jamoa libosini kiyganimda, butun kuch-g‘ayratimni sarfladim.
Biz birgalikda erishgan yutuqlarimizdan faxrlanaman va kelajakda nima bo‘lishini intiqlik bilan kutmoqdaman.
Klubga kelajakda faqat muvaffaqiyatlar tilayman, o‘zim esa faoliyatimning keyingi bosqichida bor kuchimni sarflash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutmoqdaman, - deya yozdi Alexandro Garnacho ijtimoiy tarmoqda.
Fikrlar