"Chelsi" yozda "Lion"ning 21 yoshli futbolchisini 50 million evroga sotib olmoqchi

  • 28 fevral, 2020, 23:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning "Lion" klubi yarim himoyachisi Ussama Auara "Chelsi"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Goal.com nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “aristokratlar” yozda 21 yoshli futbolchi uchun lionliklarga 50 mln evro taklif qilishmoqchi. Aytish kerakki, londonliklar Auarani uzoq vaqtdan buyon kuzatib kelishmoqda va uning tarkibni kuchaytira olishiga ishonishmoqda.

Ma’lumot uchun, Auar joriy mavsum “Lion” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!