"Chelsi" yozda eplolmagan ishini qishda qilishga urunib ko‘rmoqchi

  • 9 sentabr, 2021, 20:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde hamon "Chelsi"ning diqqat markazida bo‘lib turibdi. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “aristokratlar” 22 yoshli frantsiyalik futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq tarkibga qo‘shib olishni reja qilishgan. Agar "Sevilya" uni 50 million evroga sotishga rozi bo‘lsa.

Aytish kerakki, Kunde avgust oyidayoq xuddi shu summa evaziga "Chelsi"ga o‘tishi mumkin edi. Ammo ispan grandi so‘nggi damda o‘zining talabini 80 million evroga chiqardi. Shu tariqa yakunda ushbu transfer amalga oshmay qoldi.

22 yoshli Kunde joriy mavsum "Sevilya"da 2 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning andalusiyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!