
“Chelsi” xo‘jayini “Real”ning transfer rekordini yangilab qo‘yadi
“Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli kelasi mavsum oldidan jamoa tarkibini yangilashga ko‘rsatma bergan.
Olib kelinadigan futbolchilar ro‘yxatiga “Real” hujumchisi Vinisius Junior ham kiritildi. Braziliyalik yulduz irqchilik bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgani bois, Ispaniyadan ketib qolishi mumkinligi aytilmoqda.
Vinisiusning madridliklar bilan yana bir yillik shartnomasi qolgan. Shunga qaramay, “Chelsi” rahbariyatini 22 yoshli forvard transferiga 150 million evro ajratmoqchi.
Agar bu transfer amalga oshsa, “Real”ning o‘yinchi sotib bo‘yicha rekordi yangilanadi. Hozircha, “Qirollik klubi”ga eng qimmat transferni Krishtianu Ronaldu keltirgan. “Yuventus” 2018 yili prtugaliyalik to‘purar uchun 100 million evro to‘lagan.
Shuningdek, “Manchester Yunayted” ikki yil muqaddam Rafael Varan transferi uchun madridliklarga 70 million evro o‘tkazib bergan.
Fikrlar