"Chelsi" va "Yuventus" yozning eng qaynoq transferlarini amalga oshirishi mumkin

  • 26 iyun, 2022, 15:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” va Turinning “Yuventus” klublari joriy yozgi transfer oynasi davrida o‘zaro katta kelishuvga erishishlari mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Janluka Di Martsio.

Tecno

Manba bergan xabarga ko‘ra, ingliz klubi niderlandiyalik himoyachi Matteys de Ligtega qiziqish bildirmoqda va u uchun “keksa sinora”ga nemis hujumchisi Timo Vernerni berishga tayyor.

22 yoshli De Ligt o‘tgan mavsum "Yuventus" safida jami 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 26 yoshli Verner “Chelsi” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!