“Chelsi” va “Yuventus” o‘zaro futbolchi almashishi mumkin

  • 15 iyun, 2022, 17:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” “Yuventus” markaziy himoyachisi Merix Demiralga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

“CalcioMercatoWeb” nashri xabariga ko‘ra, londonliklar Jorjinoni 24 yoshli Demiralga almashishga tayyor. Italiyalik futbolchining “Chelsi” bilan shartnomasi shu oy oxirida yakuniga etadi va tomonlar hali yangi bitim borasida kelishmagan.

Demiral o‘tgan mavsumni "Atalanta"da ijarada o‘tkazdi. Bergamoliklar shartnomadagi 18 million evroga sotib olish bandini faollashtirmaslikka qaror qildi. Qolaversa, Merix "Yuventus" bosh murabbiyi Allegrining rejalariga ham kiritilmagan. Shularni hisobga olsak, Turkiya terma jamoasi futbolchisini Londonga ko‘chib o‘tish ehtimoli katta.

Yakuniga etgan mavsum Demiral “Atalanta”ning barcha musobaqalar doirasidagi 42 uchrashuuvida maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani muallifiga aylangan. “Transfermarkt” portali futbolchini 25 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!