
"Chelsi" va "Manchester Siti" qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi
APL 14-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar yakuniga etdi.
"Aston Villa" maydoniga safar qilgan "Manchester Siti" 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi. Diash va Bernardu Silva tomonidan kiritilgan gollarga mehmonlar safida Uotkins bir bora javob qaytardi.
O‘z maydonida "Chelsi"ni qabul qilgan "Uotford" 2:1 hisobida raqibga imkoniyatni boy berdi. "Aristokratlar" safida Maunt va Ziesh raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Mezbonlar safida esa Dennis gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar