
"Chelsi" "Real" jiddiy qiziqish bildirgan futbolchi uchun raqobatda peshqadam bo‘lib turibdi
"Chelsi" klubi "Bornmut" futbolchisi Din Xyoysenning transferi uchun raqobatda etakchilik qilmoqda.
Hozirda Angliya klublari ispaniyalik himoyachi holatini jiddiy kuzatib borishmoqda. Bu haqda mashhur "The Independent" nashri xabar bermoqda. "Aristokratlar" yaqinda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatigacha ushbu transferni amalga oshirishga umid qilmoqda. Ular 19-yoshli futbolchiga 7 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
Xyoysenning amaldagi shartnomasida 50 million funt sterlinglik tovon puli mavjud. "Bornmut" futbolchisiga "Chelsi" bilan bir qatorda, "Liverpul", "Arsenal" va "Nyukasl" jamoalari ham qiziqish bildirishmoqda. Din ushbu mavsum 31 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar