
“Chelsi” o‘z klubida bir daqiqa ham o‘ynamagan hujumchini oladi
“Chelsi” yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar “Atletiko”ga tegishli bo‘lgan 20 yoshli hujumchi Samu Omorodionni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
Iste’dodli forvard “matraschilar” safida biror daqiqa o‘ynamagan bo‘lsa-da, ijara asosida “Alaves”dagi o‘yinlari bilan “aristokratlar” e’tiborini qoo‘ondi.
Taniqli insayder va jurnalist Fabritsio Romano “Atletiko” rahbariyati londonliklar 35 million funt to‘lasa, o‘yinchini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishini ta’kidlamoqda.
Omorodion vakillari “Chelsi” bilan o‘z mijozlarining shartnomasi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Madridliklar esa, “Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvaresning transferini yakunlashi bilan “aristokratlar” bilan ishga kirishadi.
Samu Omorodion asli “Granada” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Madridliklar uni o‘tgan yozda 6 million evroga transfer qilib, darrov “Alaves”ga jo‘natib yuborgan edi.
Fikrlar