
“Chelsi” ortga yo‘l yo‘q deb hisoblamoqda
"Chelsi" "Lester" himoyachisi Uesli Fofana uchun 75 million funt taklif qilmoqchi, deb yozadi jurnalist Fabritsio Romano tvitterdagi sahifasi orqali.
“Aristokratlar” qanday qilib bo‘lmasin futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, 21 yoshli frantsiyalik futbolchining o‘zi ham London klubiga o‘tishga tayyor.
Qolaversa, “tulkilar” ham himoyachining kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorni aynan shu taklifni olganidan keyingina qabul qilishadi.
Fofana joriy mavsumda “Lester”ning Premer liga doirasidagi ikkita o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar