"Chelsi" ma’lum muddat Koul Palmersiz qoladi

  • 26 sentabr, 21:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Koul Palmerning sog‘lig‘iga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

Tecno

Avgust oyi oxirida u salomatligi bilan bog‘liq muammolar tufayli bir nechta bahslarni o‘tkazib yuborgan va Angliya terma jamoasiga ham chaqirilmagan edi. So‘nggi uch o‘yinda maydonga tushganiga qaramay, futbolchi to‘liq formada emasdi.

Bosh murabbiy Entso Mareskaning aytishicha, klub xavfga borishni istamaydi:

"Palmerning ahvoli yomonlashmasligi uchun uni biroz ehtiyot qilishga qaror qildik. Terma jamoalar o‘rtasidagi tanaffusgacha bo‘lgan ikki-uch hafta davomida unga dam bermoqchimiz. Ko‘ramiz, u to‘liq tiklanib olishga erishadimi yoki yo‘qmi," – dedi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, 27 sentyabr kuni "aristokratlar" APL doirasida "Brayton"ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!