“Chelsi” futboldan haydalgan hujumchini oladi

  • 23 may, 2023, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 “Chelsi” yozgi transferlar vaqtida taklif etiladigan futbolchilar ro‘yxatiga “Brentford” to‘purari Ayven Tounini ham kiritdi. Bu o‘yinchi futbol bellashuvlariga pul tikkani ortidan sakkiz oyga diskvalifikatsiya qilingan.

Tecno

27 yoshli hujumchi futbolga 2024 yilning yanvar oyida qaytadi. Biroq, mashg‘ulotlarga shu yilning sentyabr oyidan kirishishi mumkin.

Ayven Touni hujum chizig‘i u qadar kuchli bo‘lmagan “Brentford” safida o‘ynaganiga qaramay, Angliya Premer-ligasida 20 ta gol urishga erishdi.

“Chelsi” bu futbolchi jamoaning hujumkorlik qudratini yangi darajaga ko‘tarishiga ishonch bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!