“Chelsi” eng baquvvat futbolchini ko‘zladi

  • 21 yanvar, 2022, 15:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik jurnalist Din Jons “Chelsi” rahbariyati “Vulverxempton” yarim himoyachisi Adama Traorega yana qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqatdi.

Tecno

Aslida “Barselona” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan jismonan baquvvat bu o‘yinchi avvalgi mavsumda zo‘r o‘yini bilan qator klublar e’tiborini qozongan edi. O‘shanda “bo‘rilar” ispaniyalik futbolchining narxini 100 million evrogacha ko‘targani bois, xaridor klublar uni qo‘lga kirita olmagandi.

Bu mavsum Adama Traorening yulduzli onlari ortda qolganini ko‘rsatmoqda. U hozircha bitta gol urdi xolos. 

Hujumkor futbolchining samaradorlik ko‘rsatkichi pastligiga qaramay, “aristokratlar” unga og‘iz solmoqda. Tuxel uning o‘yinini ochib yuborishga ishonyapti. 

"Chelsi” Traore uchun 20 million funt berishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!