"Chelsi" Abramovich davrida murabbiylarning tovon pullari uchun qancha mablag‘ sarfladi?

  • 7 yanvar, 2020, 17:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mutaxassis Antonio Kontening iste’fosi “Chelsi”ga naqd 26,6 mln funtga tushdi.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra bu faqatgina Kontening o‘zi uchun to‘langan tovon puli. Endi “aristokratlar” sud qaroriga ko‘ra Antonioning murabbiylar shtabiga ham belgilangan miqdorda tovon puli to‘lashadi.

Ta’kidlash kerakki “Chelsi” 2004 yildan buyon, ya’ni klubni Roman Abramovich sotib olgan vaqtdan buyon murabbiylarning kompensatsiyasiga 90 mln funt sarflagan.

Eslatib o‘tamiz, Konte ayni damda Milanning "Inter" klubiga ustozlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!