
“Chelsi”: 220 million funtga ikki to‘purarni olamiz va biz chempion bo‘lamiz!
“Chelsi” xo‘jayini Todd Bouli Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqish masalasini kuchli o‘yinchilarni olib kelish orqali hal qilmoqchi.
Klub rahbariyati ikkita yuqori saviyali to‘purar – Viktor Osimxen va Eyvan Tounini transfer qilishni rejalashtirmoqda.
“Napoli”ni nigeriyalik hujumchini qo‘yib yuborishga ko‘ndirish uchun “aristokratlar” 140 million funt to‘lashga tayyor. Neapolliklar aynan mana shu summa atrofidagi badal pulini kutib turibdi.
Diskvalifikatsiyasi yanvarda yakunlanadigan Eyvan Touni uchun ham “Chelsi” vakillari hujumchiga egalik qiluvchi “Brentford” rad etolmaydigan summa – 80 million evro taklif qilmoqchi.
Todd Bouli jami 220 million funtga olinadigan mana shu ikki to‘purar jamoani chempionga aylantirishiga ishonyapti.
Fikrlar