
"Chelsi" 17 yil ichida bu ishni birinchi marta "uddaladi"
Angliya Premer-ligasining 17-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda "Chelsi" safarda "Fulxem"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Aristokratlar" oxirgi marta 2006 yilning mart oyida londonliklarga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgandi. O‘shandan beri "ko‘klar" "Fulxem"ni 13 marta mag‘lub etgan va yana 8 marta durang o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, Grem Potter jamoasi oxirgi 8 o‘yinning 6 tasida mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar