
"Chelsi", "Everton" va "Yuventus" braziliyalik futbolchi uchun raqobatga kirishdi
“Lill” himoyachisi Gabriel faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Britaniyalik jurnalist Dunkan Kaslsning xabar berishicha, 22 yoshli braziliyalik futbolchiga “Chelsi” va “Everton” klublari jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Ushbu jamoalar Gabriel uchun frantsuz klubiga 35 million evro to‘lashga tayyor.
Aytish kerakki, bu borada APL klublariga “Yuventus” jiddiy raqobatchi bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Gabriel joriy mavsum Frantsiya chempionatida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra uning narxi 22 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar