
"Chelsi" - "Real" o‘yinini 2 ta sharhlovchi sharhlaydi
Bugun Evropa Chempionlar ligasi ikkinchi yarim finalidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Real" o‘rtasidagi javob bahsi bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
Londondagi o‘yinni "Uzreport" telekanali jonli efirda namoyish etadi. Uchrashuvni Davron Fayziev hamda Hasan Turdialiev birgalikda sharhlab boradi. Bu haqda Davron Fayziev telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.
Tomonlarning birinchi to‘qnashuvida 1:1 hisobi qayd etilgandi. Madriddagi bellashuvda dastlab Kristian Pulishich 14-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 29-daqiqada Karim Benzema jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoluvchi gol muallifiga aylangandi.
Yarim finalning yana bir bahsida "Manchester Siti" ikki o‘yinda ham PSJni mag‘lubiyatga uchratib (2:1, 2:0), o‘z tarixida ilk bor finalga yo‘l oldi.
Fikrlar