
Charlz Oliveyra: "Keyingisi kim? Menga ahamiyati yo‘q"
Engil vazn (70,3 kg) toifasida sobiq UFC chempioni braziliyalik Charlz Oliveyra rossiyalik Islom Maxachev va Arman Tsarukyan o‘rtasidagi jang g‘olibiga qarshi qachon to‘qnash kelishi haqida aytdi.
“Kim g‘alaba qozonishing menga umuman ahamiyati yo‘q, qaysi sportchi yutsa o‘sha bilan bellashamiz. Qachon jang qilamiz? Fevral va mart oylarida jang qilishga tayyorman", - dedi Oliveyra "TNT Sport" telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Tsarukyan o‘rtasidagi revansh jangi 19 yanvar kuni "Los-Anjeles" shaxrida o‘tkaziladigan "UFC 311" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar